Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S.B. Allaerov Yoshlik mahallasida boshqaruv kompaniyasi faoliyatini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazdi.
Gallery image 122338
Gallery image 122339
Gallery image 122340
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
14 Apr 2026
17:37

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S.B. Allaerov Yoshlik mahallasida boshqaruv kompaniyasi faoliyatini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S.B. Allaerov Yoshlik mahallasida boshqaruv kompaniyasi faoliyatini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazdi. Unda ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari (podvallari), uylar atrofining tozaligi hamda yoritilishi holati tahlil qilindi.

O‘rganish davomida, ayniqsa “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilgani, piyodalar yo‘laklari (trotuarlar) barpo etilgani, hududlar quyosh panellari orqali yoritilgani aniqlandi. Shuningdek, podezd va podvallarning tozaligi ijobiy taassurot qoldirdi.

Biroq, 1991-yildan oldin qurilgan uylar atrofi bugungi talablar darajasida emasligi qayd etildi.

Shu bilan birga, boshqaruv kompaniyasi zarur texnika, asbob-uskunalar hamda ehtiyot qismlar bilan ta’minlangani e’tiborga molik holat sifatida baholandi.