Barcha yangiliklar
Deputat o‘rganish olib bordi
Gallery image 122333
Gallery image 122334
Gallery image 122335
Gallery image 122336
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
14 Apr 2026
17:38

Deputat o‘rganish olib bordi

Deputat o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Arabxona saylov okrugida joylashgan Zarmetan mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha o‘rganildi.

Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

 O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati, ularga ajratilgan imtiyozlar, subsidiya va kredit mablag‘laridan foydalanish darajasi ham ko‘zdan kechirildi.

Mazkur jarayonda tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi.

Aholining turmush darajasini yaxshilash, daromadini oshirish zarurligi ta’kidlandi.