Barcha yangiliklar
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Gallery image 122282
Gallery image 122283
Gallery image 122284
Gallery image 122285
Gallery image 122286
Gallery image 122287
Gallery image 122288
RAXMATOV ALISHER OBIDOVICH
14 Apr 2026
16:38

KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Хalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

🔹 Viloyatda sogʻliqni saqlashni tizimining rivojlantirishiga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida;

🔹 Vobkent tumani “Teraklik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Paxtaobod” aholi punktini “Qirgʻizon” nomiga oʻzgartirish toʻgʻrisida;

Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha masʻullarning hisobot va axborotlari eshitilib, muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

➡️ Komissiya tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.