Barcha yangiliklar
Hududlararo hamkorlik: Paxtakor va Sardoba Kengashlari o‘rtasida tajriba almashinuvi
Gallery image 122111
Gallery image 122112
Gallery image 122113
Gallery image 122114
Gallery image 122115
Gallery image 122116
Gallery image 122117
Gallery image 122118
Gallery image 122119
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
14 Apr 2026
14:52

Hududlararo hamkorlik: Paxtakor va Sardoba Kengashlari o‘rtasida tajriba almashinuvi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati vakillari xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga Paxtakor tumani Kengashida olib borilayotgan ishlar, xususan, kotibiyat faoliyatini samarali tashkil etish, hujjatlar aylanishi tizimi, deputatlar bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda sessiyalarni yuqori saviyada o‘tkazish borasidagi amaliy tajribalar batafsil tanishtirildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish jarayonlarini izchil davom ettirish hamda samarali boshqaruv tizimini rivojlantirish yo‘lida hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.