Barcha yangiliklar
Ichimlik suvi tarmog‘idagi avariya bartaraf etildi
Gallery image 122095
Gallery image 122096
Gallery image 122097
SHAROPOV AVAZBEK AXMADJON O‘G‘LI
14 Apr 2026
14:28

Ichimlik suvi tarmog‘idagi avariya bartaraf etildi

Boyovut tumani "Ijodkor" mahallasi "Yurtparvar" ko‘chasida joylashgan ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan avariya holati deputat Asqarali Odilov tashabbusi bilan tezkorlik bilan bartaraf etildi.

Deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan amaliy ishlar natijasida nosozlik qisqa muddatlarda aniqlanib, zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi hamda ichimlik suvi ta’minoti to‘liq tiklandi.

Bugungi kunda hudud aholisi sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlanmoqda.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati