Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Gallery image 122092
Gallery image 122093
Gallery image 122094
MAMATQOBILOV MANSURBEK BEKBUTA O‘G‘LI
14 Apr 2026
14:17

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Yashil makon dasturi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri Mastura Sharifovna hamda deputat Ulug‘bek Normatov “Yashil makon” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida hududlarda olib borilgan obodonlashtirish ishlari, ko‘chat ekish tadbirlari hamda yashil hududlarni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlar ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilgan ishlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ekologik muhitni yanada yaxshilash hamda “Yashil makon” dasturi ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.