Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: BAYNALMINAL KO‘CHASIDA YANGI AVTOBUS BEKATI O'RNATILDI.
Gallery image 122058
Gallery image 122059
Gallery image 122060
Gallery image 122061
Gallery image 122062
Gallery image 122063
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
14 Apr 2026
12:50

DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: BAYNALMINAL KO‘CHASIDA YANGI AVTOBUS BEKATI O'RNATILDI.

Chilonzor tumani aholisi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar doimiy ravishda e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Jumladan, Baynalminal ko‘chasida zamonaviy avtobus bekatini o‘rnatish yuzasidan fuqarolardan murojaat kelib tushgan edi.

Mazkur murojaat asosida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rinbosari hamda tegishli tashkilotlar nomiga deputat so‘rovi kiritildi.

Deputat so‘rovi ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tartibda topshiriqlar berilib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hudud o‘rganildi hamda qisqa muddat ichida ko‘rsatilgan manzilda yangi avtobus bekati o‘rnatildi.

Natijada mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholi hamda tashrif buyuruvchilar uchun jamoat transportidan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratildi.

Hududlarda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.