Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 122023
Gallery image 122024
Gallery image 122025
Gallery image 122026
Gallery image 122027
Gallery image 122028
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
14 Apr 2026
12:05

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Yerniyazov Ruslan Muptullayevich tomonidan “Avayxon” mahallasida ichki yo‘llar holatini o‘rganish natijalari asosida mahalladagi 23-uy oldi hamda Gyote ko‘chalaridagi yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 

Ushbu murojaat mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 

Xususan, mahallaning ichki yo‘llari ta’mirlanib, asfalt qoplamasi yotqizildi va aholiga qulayliklar yaratildi.   

Deputat R.Yerniyazov doimiy ravishda mahalladagi muammolarni o‘rganib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan qilinadigan muammoli holatlarning yechimi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni o‘z nazoratiga olgan.