Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 122008
Gallery image 122009
Gallery image 122010
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
14 Apr 2026
11:55

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 15-okrug deputati Gul'nora To‘xtanazarova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida olib borilayotgan muhim tibbiy tadbirlar o‘rganildi.

Jumladan, viloyat onkologiya shifoxonasining malakali mutaxassislari ishtirokida ko‘krak saratonini erta aniqlash maqsadida 45 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollarni mammografiya tekshiruvlaridan o‘tkazish jarayoni monitoring qilindi.

O‘rganish davomida aholining salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashabbus ayollar salomatligini asrash, og‘ir kasalliklarning oldini olish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.