Barcha yangiliklar
Deputat chiqindilarni olib ketish holatini o‘rgandi.
Gallery image 122000
Gallery image 122001
Gallery image 122002
Gallery image 122003
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
14 Apr 2026
11:50

Deputat chiqindilarni olib ketish holatini o‘rgandi.

Deputat chiqindilarni olib ketish holatini o‘rgandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugida joylashgan mahallalarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati tuman Kengashi deputati L.Niyozova tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi sanitariya holati, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputat o‘z saylov okrugida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabi hamda 16-sonli oilaviy poliklinikada chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holatini ham ko‘zdan kechirdi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda bu boradagi ishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.