Barcha yangiliklar
Deputatlar Islom sivilizatsiyasi markazida
Gallery image 121962
Gallery image 121963
Gallery image 121964
Gallery image 121965
Gallery image 121966
Gallery image 121967
Gallery image 121968
Gallery image 121969
Gallery image 121970
Gallery image 121971
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
05 Apr 2026
10:59

Deputatlar Islom sivilizatsiyasi markazida

Deputatlar Islom sivilizatsiyasi markazida 

 Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengash raislari hamda deputatlari tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, milliy tarix va madaniy merosni keng targ‘ib etish maqsadida poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirildi.

 Unda deputatlar markazning zamonaviy infratuzilmasi, boy tarixiy ekspozitsiyalari, nodir qo‘lyozmalar va ilmiy meros namunalarini yaqindan ko‘zdan kechirdilar. Ayniqsa, ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi keng yoritilgani alohida e’tirof etildi.

 Deputatlar tomonidan ichki turizmni yanada rivojlantirish, aholining ayniqsa yoshlarning tarixiy obidalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sayyohlik yo‘nalishlarini kengaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Shu bilan birga, bunday maskanlarga tashriflarni tizimli ravishda tashkil etish, mahallalarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Yakunda deputatlar tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uni ichki turizmning muhim nuqtalaridan biriga aylantirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini ushbu maskanga jalb etish borasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur tashrif nafaqat tarixiy merosimizni chuqurroq anglash, balki ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim amaliy qadam bo‘ldi.