Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati
Gallery image 121958
Gallery image 121959
Gallery image 121960
Gallery image 121961
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
14 Apr 2026
11:00

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Hamroyev o‘z saylov okrugidagi Mirzayon va Yoshkuch mahallalarida bo‘lib, fermerlar tomonidan amalga oshirilayotgan chigit ekish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

✔️Tashrif davomida deputat fermer xo‘jaliklari rahbarlari va ishchi-xodimlar bilan muloqot qilib, ekish jarayonlarining borishi, agrotexnik tadbirlarga rioya etilishi hamda yerdan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✔️Deputat o‘z navbatida fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.