Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 121873
Gallery image 121874
Gallery image 121875
Gallery image 121876
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
14 Apr 2026
10:03

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📌Deputat va yoshlar uchrashuvi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova tomonidan G‘o‘rin-Gilambob MFY hududida joylashgan 72-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida ta’lim tizimidagi yangilanishlar, yoshlarning ijtimoiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, davra suhbati jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi hamda ularning kelajak rejalari va qiziqishlari yuzasidan foydali tavsiyalar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.