Barcha yangiliklar
✔️15-NAQQOSHLIK OKRUGIDA O‘RGANISH ISHLARI: KO‘P QAVATLI UYLAR BOSHQARUVI VA LIFTLAR HOLATI NAZORATDA.
Gallery image 121841
Gallery image 121842
Gallery image 121843
Gallery image 121844
Gallery image 121845
Gallery image 121846
Gallery image 121847
Gallery image 121848
Gallery image 121849
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
14 Apr 2026
09:34

✔️15-NAQQOSHLIK OKRUGIDA O‘RGANISH ISHLARI: KO‘P QAVATLI UYLAR BOSHQARUVI VA LIFTLAR HOLATI NAZORATDA.

✍️Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 15-Naqqoshlik saylov okrugi deputati Nazirov Madaminjon Ma'rufjon o'g'li tomonidan hududda joylashgan boshqaruv kompaniyalari faoliyati hamda ko‘p qavatli uylarning umumiy holatini o‘rganish ishlari olib borildi.

🔠O‘rganish davomida aholi yashash sharoitlari, uy-joy fondining texnik holati va infratuzilma bilan bog‘liq dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yangi liftlar o‘rnatilishi rejalari joyida ko‘rib chiqildi, shuningdek, mavjud ko‘p qavatli uylarda foydalanilayotgan eskirgan liftlarning texnik holati batafsil tahlil qilindi.

‼️Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli boshqaruv kompaniyalariga zarur tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish ishlari fuqarolarning xavfsizligi va qulay yashash sharoitlarini ta’minlash, uy-joy infratuzilmasini yanada takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.