Barcha yangiliklar
Hududdagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
Gallery image 121816
Gallery image 121817
Gallery image 121818
Gallery image 121819
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
26 Mar 2026
09:27

Hududdagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi

Hududdagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Zafar Sapayev aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida “Chaman” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

O‘rganish davomida mahalladagi bir qator muammolar aniqlanib, xususan:

10-Chaman 2-berk ko‘chasida yashovchi aholi uchun elektr energiyasini barqaror yetkazib berish maqsadida qo‘shimcha transformator o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan muammolar yechimi yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilab olindi.

Shuningdek, deputat tomonidan “Chaman” mahallasida tashabbusli budjet doirasida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari bilan tanishilib, ularning borishi nazorat qilindi.

Ta’kidlanganidek, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tizimli hal etish — aholining turmush sharoitini yaxshilashda muhim omil hisoblanadi.