Barcha yangiliklar
XAVFSIZLIK VA QONUN USTUVORLIGI — DIQQAT MARKAZIDA
Gallery image 121709
Gallery image 121710
Gallery image 121711
Gallery image 121712
Gallery image 121713
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
10 Apr 2026
19:49

XAVFSIZLIK VA QONUN USTUVORLIGI — DIQQAT MARKAZIDA

⏺Yig‘ilishda shahar Kengashining komissiya raislari hamda deputatlar ishtirok etib, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

💬O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlili ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — polkovnik A.Muratovning hisoboti tinglandi.

💬Hisobotda quyidagi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi:

🔅Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish;

🔅Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy daxlsizligini ta’minlash;

🔅Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika tadbirlari samaradorligi;

🔅Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini kafolatlash.

🫥Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan jinoyatchilikni jilovlash, mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirish va ichki ishlar organlarining xalq bilan muloqotini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.