Barcha yangiliklar
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 121629
Gallery image 121630
Gallery image 121631
XUDOYNAZAROV JUMANAZAR ASAT O‘G‘LI
13 Apr 2026
17:35

Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati G'. Yangiboyev o‘z saylov okrugidagi Tepaqo‘rg‘on mahallasiga tashrif buyurib, mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

️Deputat ijtimoiy xodimning faoliyatini ko‘zdan kechirar ekan, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan yordam, oilalar bilan ishlash tizimi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariga alohida e’tibor qaratdi.Shuningdek, ayniqsa nogironligi mavjud fuqarolar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mahallada olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.