Barcha yangiliklar
Uchrashuv
Gallery image 121594
Gallery image 121595
Gallery image 121596
ATANAZAROV DONIYOR KUVANDIKOVICH
13 Apr 2026
17:17

Uchrashuv

Muammolar nazoratga olindi

Xo‘jayli tumani 29-sonli maktabda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan deputat M.Ibragimov Navro‘z, Tutzor va Nurli yo‘l mahallalari aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari tumanlik Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Torenov ishtirok etdi.

Deputat uchrashuv davomida 2026 yil 3 oy davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda hudud aholisining o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, murojaatlar nazoratga olinishi va tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi aytib o‘tildi.