Barcha yangiliklar
Alpomis mahallasida mahalla yettiligi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 121530
Gallery image 121531
Gallery image 121532
Gallery image 121533
Gallery image 121534
Gallery image 121535
Gallery image 121536
Gallery image 121537
Gallery image 121538
Gallery image 121539
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
26 Mar 2026
16:46

Alpomis mahallasida mahalla yettiligi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi

Alpomis mahallasida mahalla yettiligi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi

“Deputatlar kuni” munosabati bilan hamda “Deputat — mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari Nosirjon Ubaydullayev va Obidjon Yusupov Alpomis mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan xalqparvar siyosatning mazmun-mohiyati sodda va tushunarli tarzda yetkazildi. Mazkur muloqot nafaqat axborot berish, balki ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Samimiy suhbat jarayonida mahallaning buguni va ertasi haqida ochiq fikr almashildi. Mahalla faollari tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholini o‘ylantirayotgan masalalar tilga olinib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

Deputatlar har bir murojaat yuzasidan atroflicha o‘rganib chiqib, masalalarni tegishli tartibda hal bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladilar.

Bunday uchrashuvlar hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda samarali hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.