Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senatining ellik uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Gallery image 12787
Gallery image 12788
Gallery image 12789
Gallery image 12790
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
21 Iyun 2024
08:23

Oliy Majlis Senatining ellik uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Oliy Majlis Senatining ellik uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Bugun, 21-iyun kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ellik uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube (https://www.youtube.com/watch?v=-QaDs-__RTA) tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.