Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Gallery image 121385
Gallery image 121386
MAMATQOBILOV MANSURBEK BEKBUTA O‘G‘LI
13 Apr 2026
15:34

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov hamda kotibiyati mudiri Mastura Salimovalar tomonidan shahardagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar davomida “ASADBEK-SHOXRUX-HAMKOR” MChJ tomonidan tashkil etilgan MRT xizmati faoliyati ham atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xizmatning bugungi holati, aholiga ko‘rsatilayotgan qulayliklar hamda kelgusidagi rivojlantirish istiqbollari yuzasidan tahlillar olib borildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.