Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 121332
Gallery image 121333
Gallery image 121334
Gallery image 121335
Gallery image 121336
Gallery image 121337
Gallery image 121338
Gallery image 121339
Gallery image 121340
Gallery image 121341
Gallery image 121342
Gallery image 121343
Gallery image 121344
Gallery image 121345
Gallery image 121346
QAXOROV ILHOMJON MIRSHAVKATOVICH
10 Apr 2026
14:13

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishida deputatlar, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosi hamda 2025-yil 18-martdagi PQ-111-sonli qarorlari ijrosi ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha 2026-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek qonuniylikni ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan prokuratura organlarining faoliyati to‘g‘risida shahar prokurorining hisoboti hamda 2026-yilning o‘tgan 3 oyi davomida Ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini mustahkamlash, yo‘l harakati xavfsizligi va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida IIB boshlig'ining hisobotlari eshitildi.

Kun tartibidagi Quvasoy shaharda “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumi to‘g‘risida moliya va iqtisodiyot bo'limi boshlig'i ma'lumot berdi.

Kun tartibiga kiritilgan qolgan masalalar (https://kengash.gov.uz/doc/264371) deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda tasdiqlandi.