Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 121316
Gallery image 121317
Gallery image 121318
Gallery image 121319
Gallery image 121320
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
13 Apr 2026
14:07

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 22-okrug deputati U.Noraliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ashirmatov tomonidan hududlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlari izchil davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari doirasida ular tuman markazidagi Zebuniso mahallasida faoliyat yuritayotgan “Dori-darmon” dorixonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dorixonadagi dori vositalarining narx-navosi, ularning sifati, assortimenti hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat darajasi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish va xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi nazorat tadbirlari aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash va ochiqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.