Barcha yangiliklar
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI  FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 121217
Gallery image 121218
Gallery image 121219
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
11 Apr 2026
12:31

HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

15-Chaman saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Nurmurodov Davronjon tomonidan hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, xususan tikuvchilik yo‘nalishidagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi.

 O‘rganish davomida tikuvchilik sexlarida yaratilgan ish o‘rinlari, ishlab chiqarish quvvatlari hamda xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari ko‘zdan kechirildi hamda tadbirkor tomonidan elektr quvvatida muammosi borligi bildirildi deputat ushbu muammo yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib muammo bartaraf etildi.

 Shuningdek, investitsiya loyihalarining amaliy natijalari, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va bozor talabiga mosligi yuzasidan tahliliy suhbatlar olib borildi.

 Tadbirkorlar bilan muloqot davomida mavjud muammolar, xususan xomashyo ta’minoti, bozor kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

 Deputat tomonidan sohani yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda investitsion muhitni yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 Bu kabi o‘rganish ishlari hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.