Barcha yangiliklar
Sessiya masalalari va haftalik ish rejasi muhokama qilindi
Gallery image 121190
Gallery image 121191
Gallery image 121192
Gallery image 121193
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
13 Apr 2026
12:18

Sessiya masalalari va haftalik ish rejasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh. Suvonqulov, kotibiyat mudiri K. Mamanova hamda bosh mutaxassislar ishtirokida navbatdagi sessiyaga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda ko'rib chiqildi hamda joriy haftaga mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul xodimlarning vazifalari belgilandi. Shuningdek, hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirilib, ustuvor yo‘nalishlar aniqlab olindi.

Mazkur muhokama ishlar samaradorligini oshirish, sessiya jarayonini puxta tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlashga qaratildi.