Barcha yangiliklar
Deputatlik so‘rovi asosida muammo ijobiy hal etilmoqda:
Gallery image 121107
Gallery image 121108
Gallery image 121109
Gallery image 121110
Gallery image 121111
Gallery image 121112
Gallery image 121113
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
06 Apr 2026
11:58

Deputatlik so‘rovi asosida muammo ijobiy hal etilmoqda:

Deputatlik so‘rovi asosida muammo ijobiy hal etilmoqda:

Termiz tuman Kengashi deputati G.Shafaatova tomonidan tumandagi sport maktabining kirish qismi, hovlisi va yo‘laklari yomon ahvolda ekani, ta’mirtalab holatga kelib qolgani yuzasidan 2025-yil 27-avgustdagi 70-ds-409-25-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rov Termiz tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, sport maktabi hududini ta’mirlash uchun 30,0 mln so‘m mablag‘ ajratish, masalasi 2025-yil 3-choragida daromadlar rejadan orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratish bo‘yicha taklif berilgani haqida ma’lum qilingan edi. Ushbu kiritilgan so‘rov natijasida mablag‘ 2026-yil ajratilib natijada sport maktabi hovlisining kirish qismi zamonaviy ko‘rinishda bruschatka (yo‘lak toshlari) bilan qoplandi. Bu esa nafaqat hududning estetik ko‘rinishini yaxshiladi, balki sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar va tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratdi.

Mazkur tashabbus hududdagi sport infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Deputatlik nazorati va tashabbuslari asosida hududdagi muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda.