Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 121021
Gallery image 121022
Gallery image 121023
Gallery image 121024
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
03 Apr 2026
11:41

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz tumani prokurori Y.Bozorov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarorining ijrosi yuzasidan axborot taqdim etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kuni Respublika Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, tumanda korrupsiyaning oldini olish borasida 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Ta’kidlanganidek, hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan masalalar yuzasidan savollar berilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.