Barcha yangiliklar
MEHNATOBODDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI.
Gallery image 120868
Gallery image 120869
Gallery image 120870
Gallery image 120871
Gallery image 120872
Gallery image 120873
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
09 Apr 2026
11:08

MEHNATOBODDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI.

Mehnatobod mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Mahmudov hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi G‘.Yuldashevlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni ijrosi, shuningdek, hududda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib, atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla hududida tashkil etilgan tikuvchilik sexi faoliyati hamda inkubatorda jo‘ja yetishtirish kabi oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishlari o'rganilib, ularning amaliy natijalari va istiqbollari baholandi.

Uchrashuv davomida aholini doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, fuqarolarni daromad keltiruvchi faoliyatga keng jalb etish, xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, shuningdek, kambag‘al oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.