Barcha yangiliklar
Hududlarda infratuzilma ishlari o‘rganildi
Gallery image 120861
Gallery image 120862
Gallery image 120863
Gallery image 120864
Gallery image 120865
Gallery image 120866
Gallery image 120867
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Mar 2026
11:08

Hududlarda infratuzilma ishlari o‘rganildi

Hududlarda infratuzilma ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda bosh mutaxassislar T.Murodov tomonidan tumandagi “Sh. Rashidov” va “Quyoshli yurt” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Xususan, mazkur hududlarda ichki yo‘llarga yotqizilgan asfalt qoplamasining sifati va bajarilgan ishlar holati mas’ul rahbar N. Berdiyev ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar aholining qulay harakatlanishi, xavfsizligi va turmush sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

 Bu kabi amaliy ishlar hududlarni yanada obod qilish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.