Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi
Gallery image 120772
Gallery image 120773
Gallery image 120774
Gallery image 120775
Gallery image 120776
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
17 Mar 2026
10:52

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Namangan shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025-yil davomida aholi salomatligi profilaktikasini ta’minlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va samarali davolash ishlarini tashkil etish, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitildi.

Mazkur masala yuzasidan Namangan shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Ergashev Baxtiyor Abdusattorovich ma’ruza qildi.

Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari tomonidan sohaga oid mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.