Barcha yangiliklar
PIYOZCHILIK MAHALLASIDA YANGI BOG‘CHA QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI
Gallery image 120759
Gallery image 120760
Gallery image 120761
Gallery image 120762
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
08 Apr 2026
10:41

PIYOZCHILIK MAHALLASIDA YANGI BOG‘CHA QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Soliyev va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti raisi G.Rahimovalar Piyozchilik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xususiy maktabgacha ta’lim muassasasining qurilishi jarayonlari bilan tanishdilar. 

Bog‘cha 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda binoda ta’mirlash ishlari yakunlanish bosqichida. Mutasaddilarga bog‘chani belgilangan sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligi talablari asosida ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.