Barcha yangiliklar
“Yomg‘ir qutisi” loyihasi o‘rganilmoqda
Gallery image 120702
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
11 Apr 2026
00:00

“Yomg‘ir qutisi” loyihasi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Toshkent shahridagi tuman bosqichi doirasida ko‘rik-tanlov g‘olibi bo‘lgan Qodirov Baxodirning “Yomg‘ir qutisi” loyihasi o‘rganilmoqda.

Mazkur loyiha innovatsion yondashuv, amaliy ahamiyat va istiqbolli yechimlari bilan alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, yoshlarning ilm-fan, ixtirochilik va tashabbuskorlik borasidagi salohiyatini namoyon etadi.

Bugungi kunda ana shunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yosh iqtidor egalarini rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Yomg‘ir qutisi” loyihasi ham o‘zining dolzarbligi va foydali jihatlari bilan istiqbolli tashabbuslar qatoridan o‘rin olmoqda.