Barcha yangiliklar
QAROR IJROSI AMALDA.
Gallery image 120667
Gallery image 120668
Gallery image 120669
Gallery image 120670
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
06 Apr 2026
09:57

QAROR IJROSI AMALDA.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati J. Shermatov tomonidan So‘filar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Xususan, hududda ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.