Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 120567
Gallery image 120568
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
10 Apr 2026
19:49

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati M.Isroilova tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

⚡️O‘rganishda “Sharq yulduzi” mahallasidagi Zargarlik ko'chasidagi transformator punktining nosozligi, Saodat ko‘chasida elektr kabellari uzilganligi hamda yaroqsiz yog‘och ustunlar aholi hayotiga xavf solayotgani aniqlandi.

Deputat ushbu muammolarni bartaraf etish, xususan, yangi beton tayanch ustunini o‘rnatish bo‘yicha mas’ullardan amaliy yordam so‘radi. Deputat so'rovi ijrosi deputat nazoratida.