Barcha yangiliklar





TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
08 Apr 2026
19:38
Deputat tomonidan ichki ko‘chalarni ta’mirlash masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat S.Xadjikulov tomonidan Yangihayot mahallasidagi ta’mirga muhtoj ichki ko‘chalar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Archazor hamda Temiryo'lchilar ko‘chalarning ayrim qismlari qoniqarsiz holatda ekani, ularni shag‘allashtirish va tartibga keltirish zarurligi aniqlandi.
🛣 Shuningdek, hudud aholisi tomonidan deputatga ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so'rovi yuborilishi belgilandi.