Barcha yangiliklar
Deputat va saylovchilar muloqoti
Gallery image 120512
Gallery image 120513
Gallery image 120514
Gallery image 120515
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
11 Apr 2026
19:25

Deputat va saylovchilar muloqoti

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tomonidan A.Navoiy mahallasi fuqarolari uchun axborot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

️Mazkur uchrashuv ochiq muloqot va hamkorlik ruhida o‘tib, fuqarolarning murojaat va takliflarini bevosita o‘rganish imkonini berdi.

Deputat va aholi o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar hududdagi muammolarni samarali hal etish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.