Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
11 Apr 2026
19:15
Deputat "Yangiobod" mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati H.Sulaymonova o‘z okrugidagi "Yangiobod" mahallasida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish masalalari hamda aholini qiynayotgan muammolar muhokama qilindi.
Fuqarolar o‘z murojaat va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi. Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilishi ta’kidlandi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv aholining faolligini yana bir bor namoyon etdi.