Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
11 Apr 2026
19:00
Mahallada faoliyat – e’tibor markazida
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ MFY mahalla yettiligi hamda yoshlar yetakchisi Yangiboyev Darxon faoliyati o‘rganildi.
️ O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Mahalla faollari va yoshlar yetakchisining tashabbuslari alohida e’tirof etildi.
Hududni yanada rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish yo‘lida bunday o‘rganishlar muhim ahamiyat kasb etadi.