Barcha yangiliklar





TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
11 Apr 2026
18:49
Olmazor mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A. Abdumuratov tomonidan Olmazor mahallasi fuqarolari uchun muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda hududdagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.
️Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, taklif va murojaatlarini bildirdilar. Deputat tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish va samarali hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.