Barcha yangiliklar
Deputat aholi bilan yuzma-yuz muloqotda!
Gallery image 120453
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
11 Apr 2026
18:38

Deputat aholi bilan yuzma-yuz muloqotda!

"M.Ulug‘bek" mahallasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F.Turayevning fuqarolar bilan ochiq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini bevosita yetkazish imkoniga ega bo‘lishdi.

Deputat tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, tegishli masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

Ayniqsa, infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar va yoshlar bandligi masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Bunday uchrashuvlar xalq bilan muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish va ishonchni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.