Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
11 Apr 2026
18:35
Yoshlar taqdiri — e’tibor markazida
6-son Gumbaz okrugidan saylangan deputat Saodat Djumanova o‘ziga biriktirilgan "Yoshlar maslahat" guruhi a’zosi Sh. Uralov bilan birgalikda tuman Mudofaa ishlari bo‘limiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlar holati, ularning tayyorgarlik darajasi hamda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida yoshlarni harbiy xizmatga ongli ravishda tayyorlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish borasida amaliy takliflar ilgari surildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajagiga befarq bo‘lmaslik, ularni munosib yo‘lga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.