Barcha yangiliklar
Hududda o‘zgarishlar — amaliy o‘rganishlar markazida
Gallery image 120410
Gallery image 120411
Gallery image 120412
Gallery image 120413
Gallery image 120414
Gallery image 120415
Gallery image 120416
Gallery image 120417
Gallery image 120418
Gallery image 120419
Gallery image 120420
Gallery image 120421
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
11 Apr 2026
18:16

Hududda o‘zgarishlar — amaliy o‘rganishlar markazida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengashning Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi U.Xo‘shboqov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabovlar “Bog‘iston” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

🌱Tashrif davomida Qiziriq davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli “Bog‘iston” o‘rmon xo‘jaligi bo‘limi faoliyati o‘rganilib, bu yerda yetishtirilayotgan turli xil ko‘chatlar, ularning parvarishi hamda ko‘paytirish ishlari bilan tanishildi.

🤩Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan savdo nuqtalari, aholiga yaratilgan qulayliklar hamda fuqarolarning sport bilan shug‘ullanishi uchun tashkil etilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

⏺O‘rganishlar davomida hududni yanada obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.