Barcha yangiliklar
“Zarbdor” mahallasida infratuzilma bilan ta’minlash ishlari o‘rganildi
Gallery image 120407
Gallery image 120408
Gallery image 120409
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
10 Apr 2026
00:00

“Zarbdor” mahallasida infratuzilma bilan ta’minlash ishlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova, Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda Kengash deputatlari Ch.Alimov, N.Alimov va J.Donayevlar tumandagi “Zarbdor” mahallasida joylashgan 10,0 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdilar.

🏗️ Mazkur hududning 5 gektari KSZ va 5 gektari YoSZ sifatida belgilangan bo‘lib, bu yerda yangi loyihalarni samarali amalga oshirish uchun zarur infratuzilma tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari ko‘rib chiqildi.

▶️Tashrif davomida hududni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

⏺ Hududlarni rivojlantirish — doimiy e’tibor markazida!