Barcha yangiliklar







RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
11 Apr 2026
17:47
Senator Oltinsoy tumanida Kengash kotibiyati faoliyati bilan tanishdi
Tashrif davomida kotibiyatning asosiy yo‘nalishlari, Kengash faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va hududda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini monitoring qilish borasidagi ishlari ko‘rib chiqildi.
Kotibiyat tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hujjatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Senator tomonidan kotibiyat faoliyatini yanada rivojlantirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati