Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 120186
Gallery image 120187
Gallery image 120188
Gallery image 120189
Gallery image 120190
Gallery image 120191
Gallery image 120192
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
11 Apr 2026
12:04

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Olimjon Jumanazarov "Muqimiy" mahallasi hududida joylashgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔵O‘rganish jarayonida qurilishning borishi, ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ullar bilan suhbat davomida mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔵Mazkur o‘rganishlar ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.