Barcha yangiliklar
Mahalla va deputat hamkorligi – amaliy natijalar sari
Gallery image 120160
Gallery image 120161
Gallery image 120162
Gallery image 120163
Gallery image 120164
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Mar 2026
11:49

Mahalla va deputat hamkorligi – amaliy natijalar sari

Mahalla va deputat hamkorligi – amaliy natijalar sari

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati M. Shernayev hamda mahalla faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov va bosh mutaxassis T. Murodovlar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda hamkorlikdagi tashabbuslar alohida e’tirof etildi.

Ayniqsa, mahalla va deputat tashabbusi bilan barpo etilgan kichik va xavfsiz bolalar maydonchasi diqqat markazida bo‘ldi. Mazkur maydoncha bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirish hamda ota-onalar uchun qulay va ishonchli muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bolalar va ota-onalarning fikrlari o‘rganilib, yaratilgan sharoitlardan mamnunlik bildirildi.

 Bu kabi hamkorlikdagi ishlar hududni yanada obod qilish, aholining turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.