Barcha yangiliklar
Qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Gallery image 120081
Gallery image 120082
Gallery image 120083
Gallery image 120084
Gallery image 120085
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Mar 2026
11:02

Qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

joriy yilning 28-mart kuni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Turdiyeva o‘zi saylangan hududda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar holati o‘rganildi. Shuningdek, qurilish obyektlarining sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi hamda ishlarni yanada jadallashtirish, sifat va samaradorlikni oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bildirildi.