Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 119973
Gallery image 119974
Gallery image 119975
Gallery image 119976
Gallery image 119977
Gallery image 119978
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
19 Mar 2026
10:31

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-sonli “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman hokimligining faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Termiz tumani hokimligi boshqaruv apparatining tavsiyaviy tuzilmasini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Termiz tumani komissiyasining nizomi, tarkibi hamda ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala muhokama etildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan Termiz tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan axborot tinglandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.