Barcha yangiliklar
Deputat hududda o‘rganish olib bordi: elektr ta’minotidagi muammolar aniqlandi
Gallery image 119952
Gallery image 119953
Gallery image 119954
Gallery image 119955
Gallery image 119956
Gallery image 119957
Gallery image 119958
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
18 Mar 2026
10:26

Deputat hududda o‘rganish olib bordi: elektr ta’minotidagi muammolar aniqlandi

Joriy yilning 17-mart kuni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputat S.Ikromov o‘zi saylangan hududga kotibiyat mudiri A.Avliyakulov bilan birgalikda uyma-uy yurib, aholini issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida hududda elektr ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammolar borligi aniqlandi. Xususan, hududga olib kelinib o‘rnatilgan transformatorga 2 oy bo‘lganiga qaramasdan, hali ishga tushirilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu holat esa aholi uchun sezilarli noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Shuningdek, hududda yana bir transformator o‘rnatilgani, biroq uning ichki qismi to‘liq jihozlanmagani sababli foydalanishga topshirilmaganligi ham aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib, muammolarni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish talab etildi.