Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 119815
Gallery image 119816
Gallery image 119817
Gallery image 119818
Gallery image 119819
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
10 Apr 2026
19:21

DEPUTAT NAZORATI

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Tavasharov ishtirokida olib borildi.

O‘rganish jarayonida “Yakkatut” mahallasi aholisini qiynayotgan dolzarb muammolardan biri-elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar xususan, eskirgan elektr ustunlarini zamonaviy beton ustunlarga almashtirish zarurati mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan mazkur masala nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazoratida olib borilishi belgilandi.

Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati